21 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,5 °C

OAV O‘zbеkiston haqida
23 Yanvar  2020 795

O‘zbekiston «Transparency International» tashkilotining «Korrupsiyani tasavvur qilish 2019» indeksi bo‘yicha navbatdagi hisobotida

«Transparency International» xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan yuritiladigan «Korrupsiyani tasavvur qilish 2019 indeksi» bo‘yicha navbatdagi hisobotini e'lon qildi. Hisobotga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi 25 ball bilan 5 pog‘onaga yuqorilagan va 153-o‘rinni egallagan. Jahon miqyosida o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan Sharqiy yevropa davlatlaridan 56 ball to‘plagan Gruziya, 45 ball bilan Belorussiya  va 45 ball yiqqan Chernogoriya qayd etilgan. Shu bilan birga Markaziy Osiyo davlatlaridan: Turkmaniston 19 ball, O‘zbekiston va Tojikiston 25 balldan to‘plashdi.

Shuni ta'kidlash joizki, 2012-yildan boshlab Belorussiya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikasi «Korrupsiyani tasavvur qilish» indeksi bo‘yicha o‘z pog‘onalarini sezilarli darajada yaxshilab kelmoqda.

«Transparency International» tashkilotining 2019-yil hisobotiga ko‘ra, quyidagi davlatlarda korrupsiya hodisasi deyarli kuzatilmayotganligi aniqlangan: 87 balldan to‘plashga erishgan Daniya va Yangi Zelandiya 1-o‘rin, 86 ball bilan Finlyandiya 3 o‘rin, 85 balldan to‘plashgan Singapur, Shvetsiya va Shveytsariya 4-o‘rinni egallab, ijobiy natija ko‘rsatgan.

«Korrupsiyani tasavvur qilish» indeksi 1995-yildan boshlab dunyoning barcha mamlakatlarida davlat sektorida korrupsiya darajasini aniqlash bo‘yicha ekspertlar va tadbirkorlar baholari asosida 0 (eng yuqori) 100 (eng past) shkala bo‘yicha baholanadi. Shuningdek, ushbu indeks Jahon banki, «World Justice Project», Afrika taraqqiyot banki, «Economist Intelligence Unit» va boshqa mustaqil va taniqli institutlar tomonidan ishlab chiqariladigan korrupsiyaga oid ma’lumotlarining turli manbalarini yig‘ish orqali baholanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech