25 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,1 °C

Transport
4 Yanvar  2020 3895

Transport kartalari sotuvga chiqarildi

Avval xabar berganimizdek yangi yilning ilk oyidan poytaxt jamoat transportlari - avtobus hamda metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etila boshlandi. 

Ayni kunga qadar elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi validatorlar “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobuslarga biriktirildi. Shuningdek, maxsus transport to‘lov kartalari sotuvga chiqarildi, deb xabar qiladi jamiyat matbuot xizmati.

To‘lov kartalarining narxi 11 ming so‘m bo‘lib, har bir kartaga oldindan bir martalik to‘lov miqdori yuklangan. Yo‘lovchilar mazkur turdagi kartalarni boshqa savdo nuqtalari qatori jeton hamda oylik yo‘l chiptalari bilan savdo qiluvchi quyidagi shaxobchalardan ham harid qilishlari mumkin.

Savdo nuqtalari:

Sariq ko‘l bekati

Shimoliy vokzal bekati

MUM bekati

To‘qimachilik kombinati bekati

Mashinasozlar bekati

M.Chilanzar/Korzinka bekati

Mashina bozor bekati

Parkent bozori bekati

Chimyon do‘koni bekati

Farg‘ona bozori (Risovыy) bekati

Oloy bozori (markaz. Dar. tomon.) bekati

Xadra bekati

Qo‘yliq-2 shoh bekati

Farg‘ona bozori (Risovыy) 2-bekati

Aviasozlar bozori (Kadыsheva) 2-bekati

Yunusobod 2-kvartal bekati

Farxod bozori bekati

Beruniy metrosi bekati

GRAND (Rossiya) mehmonxonasi bekati

Farhod bozorchi Lutfiy ko‘chasi bekati

Yunusobod 3-kvartal bekati

Sergeli yarmarka bozori 2-bekati

Aviasozlar bozori (Kadыsheva) bekati

Oloy bozori - Ardus bekati

Qoraqamish 2

Sergeli yarmarka bozori bekati

Saodat savdo markazi 1 bekati

Janubiy vokzal shoh bekati

Buyuk Ipak Yuli metrosi 1-bekati

Pedagogika universiteti (Chilonzor metrosi)

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech