27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Ta'lim
6 May  2020 829

Transport soxasida yangi OTM

2020-yil 4-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4703-sonli «Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar negizida Toshkent davlat transport universiteti (Universitet) tashkil etildi:

- Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti;

- Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti;

- Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti.

Universitet transport sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.

Universitet idoraviy jihatdan Transport vazirligiga bo‘ysunadi.

Qaror bilan Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari belgilandi.

Transport sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib kadrlarni, shuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Universitetning asosiy vazifalaridan biridir.

Universitetda o‘quv jarayoni 2020/2021-o‘quv yilidan boshlanadi. Talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Universitetni strategik rivojlantirish masalalari bo‘yicha rektorning birinchi o‘rinbosari lavozimiga malakali xorijiy mutaxassis tayinlanadi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech