30 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,5 °C

Transport
14 Fevral  2020 1829

Transport va yuk tashish tizimiga yangi investitsiyalar

Joriy yilning 13-fevralida Anqara shahrida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasini Turkiya Respublikasining vitse-prezidenti F.Oktay qabul qildi.

Investitsiyaviy hamkorlikni jadallashtirish va o‘zaro savdo nomenklaturasini kengaytirish nuqtai nazaridan iqtisodiy munosabatlarni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv do‘stona muhitda o‘tdi.

Muzokarlarda transport va yuk tashish sohalarida tizimli o‘zaro munosabatlar, Turkiya hukumati tomonidan texnik ko‘mak berish va imtiyozli kreditlash dasturlari doirasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham o‘rin oldi. 

Alohida ravishda «Gebze» maxsus sanoat zonasining filialini tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. Bu borada, Turkiya tarafi O‘zbekistonda mazkur sohadagi ilg‘or xorijiy tajriba asosida tayyorlangan «Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi» Qonunini qabul qilinganligini olqishladi.

 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi kelishuvini imzolashga tayyorgarlikni jadallashtirish va  mazkur bitimga kiritilishi taklif etilayotgan tovarlar pozitsiyalarini kengaytirish masalalari o‘rganildi hamda uni amalda qo‘llash tartiblari kelishib olindi, debya xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech