19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

IT-xabarlar
4 Oktyabr  2019 512

Koreyadagi robototexnika bo‘yicha xalqaro chempionatda uchinchi o‘rin egallandi

Hakamlar tomonidan o‘zbekistonlik ishtirokchilarning yuqori darajadagi tayyorgarligi qayd etildi.

O‘zbekiston milliy yoshlar terma jamoasi Donxe shahrida (Koreya) bo‘lib o‘tgan robototexnika bo‘yicha xalqaro chempionatda ishtirok etdi.

Ishtirokchilar tanlangan toifaga muvofiq belgilangan muddat ichida o‘z robotlarini yaratishlari kerak edi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi «Robo scholar» yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rinni egallab, «Robot in movie» yo‘nalishi bo‘yicha «Technical award» mukofotini olgan bo‘lsa, uning doirasida maysa o‘ruvchi agregatning avtomatlashtirilgan innovatsion loyihasini taqdim etgan Zafar Sobirov va Javohir G‘ayratovlar «Best agriculture project» (qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi mualliflik loyihasi) nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bunda kompyuterga ma’lum bir kodni kiritib, maysani avtomatlashtirgan holda o‘rishga erishiladi, uskunani smartfon yordamida ham masofadan boshqarish mumkin.

Robototexnika bo‘yicha chempionat - robototexnika sohasida har yili o‘tkaziladigan xalqaro yoshlar musobaqasi bo‘lib, unda 38 ishtirokchi mamlakatdan dastlabki turdan o‘tgan 500 dan ziyod o‘smir faol ishtirok etmoqda.
Keyingi chempionat joriy yilning dekabr oyida Tailandda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi unda ham faol ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech