16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Yashil sayyora
18 Fevral  2019 2162

Ekspertlarning fikricha, 1 trillion daraxt havoning global isishiga qarshi kurashishga yordam beradi

Shveytsariyalik ekologlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, agarda keng o‘rmonlarning maydoni uchdan bir karraga oshirilsa, bu havoda karbonat angidrid gazining to‘planishini to‘xtatishga katta yordam beradi, deb yozmoqda naked-science.ru.

 

Olimlardan birining gapiga ko‘ra, shu vaqtgacha hatto mutaxassislar ham o‘rmon imkoniyatlariga munosib baho bermagan. Shunga qaramasdan, yaqinda o‘tkazilgan kuzatuvlar natijasida olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadi-ki, bizning sayyoramizda mavjud maydonlar taxminan 1,2 trillion daraxtni ham sig‘dira oladi.

Biz e’tiborni shahar yoki qishloq xo‘jaligi uchun belgilangan yerlarga emas, balki faqat tashlandiq va foydalanilmaydigan yerlarga qaratmoqchimiz, – deydi olim. – Ularni o‘zlashtirish ikki muhim masalaning borishini to‘xtatishga yordam beradi, bular – iqlimning o‘zgarishi va tirik jonzodlarning yo‘q bo‘lib ketishi.

                                                                      naked-science.ru surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech