19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Voqea-hodisalar
16 Sentyabr  2019 442

Tropik shtorm to‘fonga aylandi va Bermud orollari tomon harakatlanmoqda

Atlantika okeanidagi «Umberto» tropik shtormi kuchayib, to‘fonga aylandi, deya xabar tarqatdi AQSh To‘fonlarni kuzatish milliy markazi (NHC) ma'lumotiga tayangan RAA «Novosti».

Meteorologlarning aytishicha to‘fon shamoli tezligi soatiga 120 kilometrga yetgan. To‘fonning o‘zi  esa soatiga 4,8 kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Ayni damda «Umberto» to‘foni Bermud orollaridan 1260 kilometr masofada va unga tomon harakatlanyapti.

Ushbu mavsumda «Umberto» Atlantikada hosil bo‘lgan shtormlarning to‘qqizinchisi, to‘fonga aylanganlarning esa – uchinchisi bo‘lib qolmoqda. «Barri» to‘foni sabab bir kishi halok bo‘ldi, «Dorian» esa Bagama orollarida 50 dan ziyod kishini hayotdan olib ketdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech