18 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Moliya
16 Fevral  2019 2530

25-fevraldan boshlab 100 ming so‘mlik yangi pul belgisi muomalaga chiqariladi

2019-yilning 25-fevraldan boshlab qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqariladi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.  

Qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknotning mavzusi (tematikasi) buyuk o‘zbek olimi Mirzo Ulug‘bek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bag‘ishlangan.

Banknotning o‘lchami 144 x 78 mm. bo‘lib, maxsus himoyalangan qog‘ozda chop etilgan.

Banknotning o‘ng tarafidagi oq oval qismida Mirzo Ulug‘bek surati ko‘rinishidagi lokal suv belgisi va 100000 raqami ko‘rinishida filigran suv belgisi joylashgan. Banknotning o‘ng tarafidagi qog‘oz qatlamida kengligi 5 mm. 3D effektga ega bo‘lgan, yuqori himoyali, sho‘ng‘uvchi, banknotning ustki qatlamiga chiquvchi himoya ipi joylashtirilgan. Yorug‘lik manbaida ip to‘liq ko‘rinishga ega bo‘lib, banknotning istalgan qiyalik ko‘rinishida ipdagi tasvirlarda siljish effekti paydo bo‘ladi. Old va orqa tomonlarining foni asosan och jigarrang va havo ranglaridan iborat.

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan pul belgisi, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart, deyilgan xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech