06 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -5,2 °C

Urbanizatsiya
19 May  2020 1307

Aholi va tadbirkorlar uchun qulay

Navoiy viloyatining qator tumanlarida DXA markazlari binolari qurilyapti.

Yil oxiriga qadar Navoiy viloyatida davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida Davlat xizmatlari koʻrsatish agentlik markazlarining 4ta zamonaviy binosi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Karmana tumanida yangi bino qurilishi uchun yer maydoni aholi va tadbirkorlar uchun qulayligi inobatga olinib tanlangan. Agar 2019-yilda Karmana tumani DXA markazi tomonidan 50 mingdan ziyod xizmat koʻrsatilgan boʻlsa, bu yil may oyi holatiga 14 mingdan ziyod murojaatchilarga xizmat koʻrsatilgan.

Ularning 70 foizi Markazning avvalgi eski, xodimlar uchun ham, murojaatchilar uchun ham tor binosida amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda maydoni 1 100 kvadrat metrni tashkil etadigan obyektda qurilish ishlari jadal suratda olib borilyapti.

Umumiy maydoni 850 kvadrat metrni tashkil etadigan xuddi shunday bino Qiziltepa tumanida ham qurilyapti. Yaqin kelajakda bu yerda Davlat xizmati koʻrsatish markazi ofisi joy egallaydi.

Navoiy viloyatining yana ikkita uzoq tumanlaridan Zarafshon va Tomdi tumanlarida ham yangi binolar qad koʻtaryapti.

Dilfuza Gulyamova,
Navoiy viloyati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech