21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Turizm
29 Yanvar  2019 1961

Sayyohlik yo‘nalishlariga Samarqand teatri ham kiritilishi taklif etilmoqda

Samarqand viloyati A.P.Chexov nomidagi rus drama teatri Madaniyat vazirligi qo‘llab-quvvatlovida, shuningdek, Samarqand viloyati bo‘yicha turizmni rivojlantirish departamenti hamkorligida Chingiz Aytmatov asari asosida sahnalashtirilgan «Sahrolarning ko‘z yoshi» spektakli premerasiga taklif etadi.

Tadbirning boshlanishi 3-fevral 17:00 ga rejalashtirilgan.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, barcha turkompaniyalar vakillariga kirish bepul. Repertuar bilan tanishtirilgan sayyohlik firmalariga turistlarning madaniy dam olish paketiga teatrga tashrif buyurishni ham kiritishni ko‘rib chiqish taklif etilmoqda. Kelgusida spektakllarni ingliz tilida qo‘yish rejalashtirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech