02 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,9 °C

Xalqaro hamkorlik
22 Iyun  2020 890

Turizm masalasi keng doirada muhokama etiladi

Oʻzbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Turizm masalalari boʻyicha vazirlari V yigʻilishida qatnashadi.

2020-yil 23-iyunda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (TTDHK) Turizm vazirlari V yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Yigʻilish videokonferensiya shaklida oʻtkaziladi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Kengashning barcha tuzilmalarida faol ishtirok etib kelyapti va birinchi marta mazkur vazirlar yigʻilishida Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov ishtirok etadi.

Tadbirda COVID-19 pandemiyasi sharoitida hozirgi kundagi turizm sohasining holati, sohada pandemiya keltirib chiqargan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumshatish boʻyicha mamlakatlarning tajribasi, Turk kengashiga aʼzo davlatlar oʻrtasida sayyohlik almashinuvini tiklash chora-tadbirlari, Kengashga aʼzo davlatlarning sayyohlik yoʻnalishlarini ilgari surish loyihalari va tashabbuslar muhokama qilinadi.

Shuningdek, tadbir davomida “Zamonaviy Ipak yoʻli” qoʻshma turistik mahsulot loyihasiga Oʻzbekistonning shaharlari va manzillarini kiritish hamda TTDHK Turizm masalalari boʻyicha vazirlarning navbatdagi VI yigʻilishini 2021-yil Oʻzbekistonda oʻtkazish masalasi ham koʻrib chiqiladi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech