15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Turizm
8 Iyul  2020 803

Turizm salohiyati oʻrganildi

Fargʻona viloyatida turizm qishloqlari va mahallalarini yaratish boʻyicha ishlar amalga oshirilyapti.

Fargʻona viloyatining turizm salohiyatiga ega boʻlgan maskanlariga “Turizm qishlogʻi” va “Turizm mahallasi” maqomlarini berish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilyapti.

Jumladan, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmasi, viloyatning shahar va tuman hokimliklari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Rishton tumanining «Chinigaron» va “Miskin” mahallalari, Oltiariq tumanining “Qiziltepa” qishlogʻi, Fargʻona tumanining “Satkak”, “Avval” va “Vodil” qishloqlari hamda Margʻilon shahrining “Yorqin” mahalla fuqarolar yigʻini hududlari oʻrganildi.

Shuni taʼkidlash joizki, yuqorida qayd etilgan hududlarning har birida oʻziga xos afzalliklari va oʻziga jalb etadigan turizm salohiyati mavjud.

Jumladan, Rishton tumani oʻzining kulolchilik sanʼati bilan xorijiy va mahalliy sayyohlarni oʻziga chorlasa, “Satkak”, “Avval”, “Vodil” kabi qishloqlar soʻlim bahavo tabiati va ziyoratgohlari bilan, “Qiziltepa” qishlogʻi tibbiyot turizmi salohiyati va uzumzorlari bilan tashrif buyuruvchilarni jalb etadi.

Viloyatda aholi bandligini taʼminlash, qishloq joylarda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida muayyan hududlarning mahalliy aholisi oʻrtasida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish tartibi boʻyicha tushuntirish ishlari va keng targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi.

Shu bilan birga, alohida eʼtibor qilish lozimki, istiqbolda mazkur qishloq va mahallalarda “Turizm qishloqlari” va “Turizm mahallalari”ni tashkil etilishi va u yerlarda oilaviy mehmon uylari, ovqatlanish shoxobchalari, kulolchilik muzeylari, dam olish maskanlari va sanatoriylar yaratilishi hisobiga hududda istiqomat qiluvchi aholi ish bilan bandligi taʼminlanadi va viloyatga nafaqat mahalliy sayyohlar balki xorijiy sayyohlar oqimi oshishiga sabab boʻladi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech