10 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Turizm
28 Yanvar  2020 1339

Turizm sohasini rivojlantrish yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining marketing va targ‘ibot masalalari mutaxassislari Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligida tajriba almashinuvi mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda.   Qo‘mita delegatsiyasini Turkiya madaniyat vazirligining Targ‘ibot Bosh boshqarmasi o‘rinbosari janob O‘nur Go‘zet qabul qildi.

O‘nur Go‘zet ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p ming yillik do‘stlik, qardoshlik tamoyillari asosida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va turizm munosabatlari yanada mustahkamlanib borayotganini ta'kidladi. Seminarlar 27-yanvar kuni Vazirlikning Xorijiy ofislar boshqarmasi koordinatori Emre Turkdo‘g‘du tomonidan ochib berildi. Unda «Jahon turizmida kuzatilayotgan yangi tendensiyalar», «Jahon turizm bozorida Turkiyaning o‘rni va tajribasi» hamda Elektron targ‘ibot boshqarmasi Loyiha koordinatori Go‘kche Inje tomonidan taqdimot qilingan «Zamonaviy sharoitda raqamli texnologiyalarning turizm targ‘ibotidagi ahamiyati» mavzularidagi loyihalar o‘rganib chiqildi.  

Suhbat davomida O‘zbekistonning turizm salohiyati, turizm targ‘ibotida qaysi jihatlarga e'tibor qaratilishi lozimligi va qanday usullardan samarali ekanligi haqidagi masalalar muhokama qilindi. Mashg‘ulotlar 27-29-yanvar kunlari Anqarada - Vazirlikning markaziy devonida va 30-yanvar - 1-fevral kunlari Istanbuldagi EMITT xalqaro turizm yarmarkasi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech