27 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,6 °C

Turizm
17 Dekabr  2019 1538

Turkiya kompaniyasi “Chorsu” mehmonxonasi negizida 5 yulduzli mehmonxona qurmoqchi

Istanbulda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi killari mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanuvchi Turkiyaning Elite World Hotels kompaniyasi Boshqaruvi kengashi raisi Jo‘shqun Elik (Coşkun Elik) bilan uchrashishdi, deb xabar qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Uchrashuvda Qo‘mita mutaxassislari tomonidan O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlar, turizm sohasini rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlar va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida ma'lumot berildi. Mutaxassislarimiz kompaniyaga tegishli mehmonxonalarga tashrif buyurib, u yerda ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati darajasini ko‘zdan kechirishdi.

Shuningdek, J.Elik Toshkent shahridagi “Chorsu” mehmonxonasi binosida 5 yulduzli mehmonxona tashkil qilishga qiziqish bildirdi. Mazkur loyihani ko‘zdan kechirish va unga investitsiya kiritish masalasida muzokara o‘tkazish uchun kompaniya rahbarining O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, kelgusida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech