12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,4 °C

Salomatlik
3 Dekabr  2019 317

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri ham TTA faxriy professori bo‘ldi

Ayni paytda Toshkentda O‘zbekiston hamda Turkiya Respublikalari sog‘liqni saqlash, tibbiy ta'lim va ilm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan o‘zbek-turk forumi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilmoqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.  

Tadbirda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida tibbiyot yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash va ilm-fan sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kodjaga Toshkent tibbiyot akademiyasining faxriy professori unvoni berildi.

Ma'lumot uchun, 2019-yil 11-noyabr kuni vazir Inomjon Majidov Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi raisi Abdulloh Eren boshligidagi delegatsiyasini qabul qilib, iqtidorli o‘zbek yoshlariga Turkiya hukumati stipendiyalarini taqdim etish imkoniyatini muhokama qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech