17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,4 °C

Kеyingi avlod
29 Dekabr  2018 2715

Endi MTVning yangi jurnali nashr etiladi

Respublika OAV soni 7 yoshgacha bolalar rivojlanishi, tarbiyasi va psixologiyasiga bag‘ishlangan yana bir bosma nashrga ko‘paydi.

«Ilk qadam» («Pervыy shag») jurnali - Maktabgacha ta’lim vazirligi tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirilayotgan medialoyihadir.

Maqolalar ekspertlarning izohlari bilan to‘ldirilgan. Jurnalining ilk sonida Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, shuningdek, taniqli bokschi Konstantin Szyularning intervyulari o‘rin olgan.

Jurnalning rus va o‘zbek tillaridagi birlashgan versiyasi oyiga bir marta, 20 ming nusxada chiqadi.

- Jurnalning o‘quvchilari, asosan, ota-onalar, MTM tarbiyachilari, onalikka tayyorlanayotgan ayollardir, - deydi nashrning rus tilidagi versiyasi bosh muharriri Izabella Shavaeva.

«Ilk qadam» jurnali – bolaning me’yorida rivojlanishi, sohadagi yangi usullar va huquqiy islohotlar haqidagi axborotlar bilan tanishtiruvchi yana bir nashrdir.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech