25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Bilasizmi?
4 Iyun  2019 543

Uch kun ichida 2005 nafar nomzod Prezident maktablarida o‘qish istagini bildirgan

2019-yilning 3-iyun soat 18:00 ga qadar Prezident maktablariga hujjat topshirgan nomzodlarning umumiy soni 2005 nafar o‘quvchiga yetdi, deb xabar beradi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Xiva shahridagi Prezident maktabiga jami 748 nafar nomzod hujjat topshirdi. Toshkent shahridagi Prezident maktabida 492 nafar, Namangan shahrida 388 nafar va Nukus shahrida – 377 nafar nomzod o‘qish istagini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida 2019-2020-o‘quv yilida ochiladigan Prezident maktablariga hujjat qabul qilish pm.xtv.uz sayti orqali ham amalga oshiriladi. Sayt orqali har kuni va 24 soat davomida navbatsiz hujjatlarni internet orqali topshirish mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech