31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Agrosеktor
19 May  2020 1169

Uch tomonlama shartnoma asosida

Aholi bandligini ta'minlashda tomorqa muhim o‘rin tutadi. 

2020-yil 18-mayda O‘zbekiston Respublkasi Prezidentining PQ-4716-sonli  «Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 20-maydan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda subsidiyalar ajratiladi:

- aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:

- yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha;

- sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha;

- urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha;

- qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun - BHMning 10 baravarigacha (bunda, qishloq xo‘jaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda tashkil etiladi).

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech