20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,4 °C

Olimlar dеydiki...
19 Mart  2019 2490

Tadqiqotchilar klubi olimlari Bozorqal’ani o‘rganishga keladi

Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Narboyeva rahbarligidagi delegatsiya Nyu-York shahrida bo‘ldi. Delegatsiya butun dunyo bo‘ylab o‘ziga tadqiqotchilar, olimlar va kashfiyotchilarni jamlagan Amerikaning juda qadimiy ilmiy tashkiloti Tadqiqotchilar klubi (Explorer’s Club)ning har yili o‘tkaziladigan 115-yig‘ilishida ishtirok etdi, deya xabar tarqatadi TIV matbuot xizmati.

 

Tadbir insonning Oyga ilk qadam qo‘yganining 50-yilligi mavzusiga bag‘ishlandi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan 1700 mehmon ishtirok etdi. Ular orasida Kanada general-gubernatori, Portugaliya Turizm bo‘yicha davlat kotibi, «Apollon» fazoviy kemasining olti nafar astronavti, Xalqaro kosmik stansiya kosmonavtlari, shuningdek, taniqli olimlar, tadqiqotchilar, jahon shou-biznesi vakillari va yetakchi kompaniyalar rahbarlari ham bor edi.

Tadbir dasturning markaziy punktlaridan biri 2019-yil yozida Tadqiqotchilar klubining 30 kishidan iborat dunyoning yetakchi arxeolog-olimlari O‘zbekistonga birinchi ekspeditsiyasini tashkil etishi haqidagi e'loni bo‘ldi.

Bundan maqsad – hozirgi Qoraqalpog‘iston hududlarida topilgan tarixiy Bozorqal'ani o‘rganish. Dastlabki taxminlarga qaraganda, ob'ekt eramizdan avvalgi 6-4 asrlarga taalluqli. Tadqiqotlar mobaynida olimlar o‘sha davr tamaddunini, uning Ahamoniylar imperiyasi bilan siyosiy aloqalarini, shuningdek, ko‘chmanchilikdan o‘troq turmush tarziga o‘tish jarayonlarini o‘rganadilar. Olingan natijalar asosida mazkur ekspeditsiya haqida hujjatli film tasvirga olinadi va uning premerasi shu yilning 11-oktyabrida Vashingtondagi O‘zbekiston elchixonasi, Tadqiqotchilar klubining kuzgi sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Ekspeditsiya ishida NASAning yuqori aniqlikdagi texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech