16 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5 °C

Bilasizmi?
26 Avgust  2019 742

Olimlar sayyoramiz tashqarisida o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan issiqxonani taqdim etdilar

Undan Oy va Marsga kosmik missiyalar paytida foydalanish mumkin.

Nemis aerokosmik markazi (DLR) olimlari Antarktikada olib borilgan umumiy qiymati 5 million yevro bo‘lgan EDEN-ISS loyihasining natijalarini taqdim etdi. Yaratilgan issiqxona tufayli kosmonavtlar samoda meva-sabzavotlar bilan ta'minlanishi mumkin.

Antarktikada 9,5 oy davomida 12,5 kvadrat metr maydondan 268 kilogramm sabzavot yetishtirishga muvaffaq bo‘lindi, deya xabar beradi manba.

67 kg bodring, 117 kg yashil salat va pomidordan 50 kg hosil olingan. Ammo qulupnay va qalampirni Antarktika sharoitida o‘stirib bo‘lmadi.

Issiqxonaning qatlanadigan modelini 13 metrga kengaytirish va unda 90 kg.gacha sabzavot va ko‘katlar yetishtirsa bo‘lishi aytilmoqda.

Tajribalar Arktikada ham davom etyapti, chunki barcha muammolar hali hal qilinmagan. Masalan, nega qalampir va qulupnay yetishtirib bo‘lmasligi muammosi o‘rganilishi kerak. Bundan tashqari, tizimning ishlashini masofadan turib yo‘lga qo‘yishni ham hisobga olish talab etiladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech