19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Olimlar dеydiki...
25 Sentyabr  2019 545

Olimlar asteroidlarga qarshi himoya ustida ish olib bormoqda

Rossiya va AQShlik mutaxassislar asteroidga qarshi global himoya tizimi namunasini yaratdilar.

Korolyov nomidagi Samara Milliy tadqiqot universiteti, RFA (FAFI)ning Lebedev nomidagi Fizika instituti filiali va Emori universiteti (AQSh) olimlari yangi turdagi eksperimental lazer qurilmasini yaratdilar. Uning asosida kelajakda asteroidlardan yerni himoyalash uchun lazer qurilmalarini yaratish mumkin bo‘ladi, deya xabar tarqatdi Samara universiteti matbuot xizmati ma'lumotiga tayangan RAA «Novosti».

«Kelajakda bunday lazer qurilmalariga asoslanib, global asteroidlardan himoya tizimlarini yaratish, shuningdek, ixcham va kuchli kogerent nurlanish manbalari sanoatda qo‘llanilishi mumkin», deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, ushbu turdagi lazer nurlanishlarning atmosferaga deyarli singib ketmasligi sababli ular uzoq masofali aloqa yoki hatto, energiya uzatishda qo‘llanilishi mumkin.

Samaralik olimlar 2012-yildan beri lazer qurilmasi ustida ishlamoqda. 2019-yilda ilk bor tajriba sifatida ishga tushirilganda olimlarning hisob-kitoblari to‘g‘ri ekanini tasdiqlagan. Samaradagi lazer dunyoda bunday turdagi beshinchi qurilmadir. Qolgan to‘rttasi AQShning turli ilmiy markazlarda mavjud.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech