07 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Salomatlik
24 May  2020 419

Uchta hududdan 33 nafar bemor sogʻaydi

Yurtimizning uchta hududidan 33 nafar bemor tuzalib, jami sogʻayganlar 2 565 nafarga yetdi.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar, Samarqand viloyatida 12 nafar hamda Navoiy viloyatida 8 nafar, jami 33 nafar bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda Toshkent shahrida tuzalganlar 919 nafarga yetdi, davolanayotganlar esa 353 nafarni tashkil etmoqda. Samarqand viloyatida esa sogʻayganlar 230 nafarga yetib, davolanayotganlar 94 nafar boʻlib turibdi. Navoiy viloyatida darddan forigʻ boʻlganlar 10 nafar, davolanayotgan esa 78 nafarni tashkil etmoqda.

Aholi orasidan koronavirus infeksiyasi aniqlanayotgan fuqarolar ham aynan ushbu uchta hudud: Navoiy va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelyapti.

Shunday qilib, bugun 33 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2 565 nafarga yetdi.

Hozirda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 3 132 nafarni tashkil qilib, sogʻaygan va vafot etganlardan tashqari, jami 554 nafar bemor davolanyapti, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech