27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Xavfsizlik
18 May  2020 240

Uka akani tunadi

Joriy yil 15-mayda Buxoro viloyati Kogon shahar IIBga ariza kelib tushdi.

Ariza bilan murojaat qilgan Kogon shahrida yashovchi fuqaro shu yil 18-aprel soat 12.00larda nomaʼlum shaxs uyidan 1 000 dollar va umumiy qiymati 1 100 000 soʻmlik erkaklar qoʻl soatini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni ariza bergan shaxsning ukasi sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergovni IIB olib bormoqda, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech