17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Sport
5 Aprel  2019 1098

Umid Ahmadjonov OFK Kongressida ishtirok etish uchun Malayziyaga jo‘nab ketdi

6-aprel kuni OFK shtab-kvartirasi joylashgan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining (OFK) 29-Kongressi bo‘lib o‘tadi. Unda kun tartibiga qo‘yiladigan asosiy masala 2019-2023-yillar uchun tashkilotning yangi rahbarini saylash bo‘ladi. OFK prezidentini saylash jarayonida tashkilotga a’zo 47 mamlakat federatsiyalarning vakillari ovoz berishadi.

 

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (MOFA) prezienti Umid Ahmadjonov mazkur Kongressda ishtirok etish uchun Kuala-Lumpur shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Ayni paytga kelib, OFK prezidentligiga nomzodlar orasida faqatgina tashkilotning amaldagi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa nomzodi qolgan. Dastavval bu lavozimga da'vogarlar soni 3 nafar edi: Shayx Salmon Ibrohim bin Xalifa (Bahrayn), Saud Al Mohannadi (Qatar) hamda Muhammad Al Romaiti (BAA).

Mart oyida dastlab Muhammad Al Romaiti, keyinchalik Saud Al Mohannadi saylovda ishtirok etmasligini ma'lum qilib, o‘z nomzodini qaytib olgan edi. Shu tariqa nomzodlar orasida faqatgina Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa qolgan xolos. Eslatib o‘tamiz, OFK prezidenti bir vaqtning o‘zida FIFA vitse-prezidenti ham sanaladi.

Ta'kidlash joiz, o‘tgan oy Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (MOFA) Kongressida tashkilotga a'zo barcha mamlakat vakillari (Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) bo‘lajak saylovda Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilishgan edi.

Shuningdek, ertanggi Kongressda OFK vitse-prezidentligiga, FIFA konsulligiga, OFK erkaklar va ayolar ijroqo‘miga ham saylovlar bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Ma'lumot uchun, Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa 2013-yil may oyida OFK prezidenti etib saylangan. Tashkilotning amaldagi rahbari bo‘lajak saylovda ham o‘z nomzodini qo‘yishi haqida o‘tgan yilning sentyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan OFK ijroqo‘mining yig‘ilishda ma'lum qilgan edi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech