12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,2 °C

Sport
14 Iyun  2019 915

Umid Ahmadjonov ortidan MOQning yana ikki rahbari ishdan ketdi

Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidentlari Ahmadjon Rahimov va Komiljon Ro‘ziyev o‘z arizalariga binoan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar tarqatdi.

Ularning o‘rniga O‘zbekiston boks federatsiyasi raisiniing birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov, shuningdek, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov nomzodi ilgari surildi.

MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov tomonidan ko‘rsatilgan ikki nomzod bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov lavozimidan ozod qilingandi. Kecha esa u O‘FA birinchi vitse-prezidentligini ham topshirdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech