15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,7 °C

Sport
9 Sentyabr  2019 276

Umidjon Jalolov “Oltin mangust” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

Ukrainaning Odessa shahrida “Oltin mangust-2019” Xalqaro mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar qiladi.

Ushbu tantanali marosimda erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar Olimpiadasi chempioni Umidjon Jalolov “Jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishida qilgan xizmatlari uchun”, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Shomurod Shofayziyev esa “Jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishida qilgan xizmatlari va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda qo‘shgan xissasi uchun” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldilar.

“Oltin mangust” mukofoti sport sohasida yuqori natijalarga erishgan, jismoniy tarbiya va sport targ‘iboti yo‘lida faol bo‘lgan tadbirkor, siyosatchi, sport faxriylariga taqdim etiladi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Bekzod Abdurahmonov ham ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech