26 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,3 °C

Kеyingi avlod
25 Dekabr  2019 2352

Toshkentda talabalar inson his-tuyg‘ularini tanib oluvchi dasturni namoyish etdi

Namoyishda talabalar inson hissiyotlari orqali u haqida ma’lumot olinishi, shuningdek, qarash yo‘nalishini aniqlaydigan va odamning keyingi xatti-harakatlarini aniqlab beradigan dasturni namoyish etdi.

Toshkentdagi Inha universitetining to‘rtinchi kurs talabalari Abdulloh Asqarov, Shahobiddin O‘rmonov, Sardor Ibrohimov, Bedilbek Hamidov, Eldor Abduhamidov va Sherzod Niyozov va professor Frensis Tay No boshchiligida -Vision noyob sun’iy ko‘rish tizimini yaratdi, deb xabar beradi universitet matbuot xizmati.

«Dastur odamning qarashini aniqlaydi, uning his-tuyg‘ularini taniydi va ushbu ma’lumotlarni, masalan, real vaqt rejimida ma’ruzachining matni bilan taqqoslaydi. Ushbu xizmat ma’ruzaning har soniyasida tinglovchilar tomonidan idrok etish yoki sezmaslik darajasini belgilaydi», deydi talaba Abdulloh Asqarov.

Ishlab chiqaruvchilarning xabariga ko‘ra, dastur mobil hisoblanib, mutlaqo turli sohalarda ishlatilishi mumkin: ta’lim, xavfsizlik, reklama va hokazo.

«Dastur katta tadbirlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun ishlatilishi ham ko‘zda tutilgan. Masalan, bir necha soniya ichida xizmat hissiyotlarni taniy oladi va tahlil qiladi, natijada sport stadionida, konsert zalida minglab odamlarning niyatlarini aniqlab bera oladi. Dastur salbiy his-tuyg‘ularga ega odamlarni aniqlaydi va ularni alohida klasterga joylashtiradi. Bu xavfsizlik xodimlarining ishini ancha yengillashtiradi», deydi ishlab chiqaruvchilar.

Bundan tashqari, ta’lim sohasida ham qo‘llash mumkin bo‘lib u talabalarning ma’ruza-dars jarayonida qanchalik qiziqish bilan ishtirok etayotganini aniqlaydi.

«Professor Frensis Tai No ushbu dasturni yaratishga bizni ilhomlantirdi. Aytishicha, nafaqat nazariyani o‘rganish kerak, balki uni hayotda qo‘llay olish ham juda muhim. Biz - kurs loyihasini olgach, dastlab, shahar ko‘chalarida videokuzatuv xizmatini yaratishga qaror qilgandik. Ammo ishlash jarayonida ushbu dastur juda mobil bo‘lib, turli sohalarda osonlikcha qo‘llanila boshladi. Biz buni reklama agentliklariga ham tavsiya etamiz. Agar ko‘chalarga kameralar o‘rnatilsa, dastur orqali shahar aholisining umumiy hissiy holatini kuzatish mumkin», deya qo‘shimcha qiladi ishlab chiquvchilardan yana biri.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech