13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,1 °C

Turizm
24 Oktyabr  2019 488

Mehmonxonalarga alkogol mahsulotlari sotishga ruxsat berish tartibi soddalashtirildi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-oktabrdagi qaroriga muvofiq, Hukumatning ba'zi hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qarorga ko‘ra, endi mehmonxonalar ichida va ularga tegishli joylarda (bar, mini-bar, kafe, restoran) alkogol mahsulotlari sotuvini yo‘lga qo‘yadigan bir necha statsionar chakana savdo nuqtasi uchun bitta ruxsat guvohnomasi beriladi.

Ta'kidlash joizki, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-martdagi 89-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom bo‘yicha mehmonxonalar va ularga tegishli joylarda alkogol mahsulotlar sotuvini amalga oshiruvchi barcha umumiy ovqatlanish korxonalari (bar, mini-bar, kafe, restoran)ning har biriga alohida ruxsat guvohnomasi olishi kerak edi. Bir necha ruxsat guvohnomasi olish tartibining bekor qilinishidan asosiy maqsad mehmonxona biznesiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada yaxshilash va ularning sifatini zamonaviy standartlar hamda talablarga muvofiq oshirishdan iboratdir. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech