02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Ta'lim
10 Mart  2020 786

Urganchda uchuvchilar o‘quv markazi

Malayziyaning «Midlands Aviation Pacific Asia» kompaniyasi delegatsiya Toshkentda.

Transport vazirligida Malayziyaning «Midlands Aviation Pacific Asia» kompaniyasi ijrochi direktori Radj Daryradj boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda fuqaro aviatsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Xususan, parvozlar geografiyasini kengaytirish, xorijiy aviakompaniyalarni yurtimiz aeroportlariga ko‘proq jalb etish maqsadida «Qarshi», «Nukus» va «Termez» xalqaro aeroportlarida «beshinchi havo erkinligi» tartibini qo‘llagan holda, shuningdek «Buxoro» aeroportida chet davlatlar fuqarolarini tashishda «Ochiq osmon» rejimi joriy etilgani, shuningdek, «Navoiy» va «Termiz» aeroportlarida esa yuk tashuvlari uchun «ettinchi havo erkinligi» tartibini qo‘llagan holda «Ochiq osmon» rejimini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ta'kidlab o‘tildi.

«Midlands Aviation Pacific Asia» kompaniyasi ijrochi direktori Radj Daryradj janoblari Urganch shahrida «Phils» kompaniyasi bilan hamkorlikda uchuvchilar tayyorlash markazi hamda xorijiy davlatlarga O‘zbekistondan yuklarni tashishga ixtisoslashgan zamonaviy logistika xabini ochish istagida ekanligini va bu boradagi o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur loyihalarni hayotga tadbiq etish borasida maxsus ishchi guruhi tuzgan holda hamkorlikda ishlashga kelishib oldi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech