18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,1 °C

Mamlakatimizda
13 May  2019 527

USAID O‘zbekistonda AKT va ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish uchun 19,5 million dollar taqdim etadi

AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda xalq ta’limi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish uchun 19,5 million dollar (165 milliard so‘m) miqdorida grant taqdim etish haqida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi.

Ushbu mablag‘lar maktab boshqaruviga, o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirishga hamda o‘qituvchilarning mazkur o‘quv qo‘llanmalardan ta’lim jarayonida foydalanish bo‘yicha bilimlarini oshirishga sarflanadi. Qolaversa, mazkur loyiha yordamida ta’lim muassasalarida shaffoflik ta’minlanib, maktab boshqaruvini rivojlantirish usullari va strategiyasi ishlab chiqiladi.

Xususan, loyiha Xalq ta’limi vazirligining o‘quvchilarning axborot texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “IT Nation” tashabbusini amalga oshirishda ilmiy asoslangan strategiya yaratishda ko‘mak beradi.

Ta’kidlash joizki, ta’lim sohasidagi muammolardan biri o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini ob’ektiv baholash vositalarining yo‘qligidir. USAID agentligi ko‘magida yurtimiz umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘qish va matematika (EGRA i EGMA) fanlari bo‘yicha tadqiqot ishlari olib boriladi. Ushbu tadqiqotlar o‘g‘il-qizlarning bilimidagi bo‘shliqlarni aniqlashga yordam beradi va ushbu muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, taqdim etilgan mazkur grant Xalq ta’limi vazirligi hamda AQSh hukumati o‘rtasidagi ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik doirasida amalga oshirilgan dastlabki loyihalardan biri hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech