06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,9 °C

Voqea-hodisalar
20 Avgust  2019 948

Shishiriladigan to‘shakda uxlab qolgan italiyalikning sarguzashti

Yarim tunda Sitsiliya qirg‘oqlarining Messinaga yaqin joyidan qirg‘oqni qo‘riqlash xodimlari shishiriladigan to‘shakda taxminan o‘n kilometr masofani suzib o‘tgan 28 yoshli italiyalikni topdilar.

Shunday qilib, u Italiya quruqligidan orolni ajratib turadigan Messina bo‘g‘ozini kesib o‘tgan.

Yigit Shilla shahri yaqinidagi plyajda dam olib, to‘shakda suzish paytida uxlab qolgan va uyg‘onganida dengizning qoq o‘rtasida ekanini anglagan, deya xabar beradi RAA «Novosti».

Uni rosa kutgan sheriklari qutqaruvchilarga murojaat qilgan. Beixtiyor sayyohatchini to‘qqiz soatdan ziyod vaqt davomida to‘rtta qayiq va qirg‘oqni qo‘riqlash vertolyotlari qidirgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech