14 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22 °C

Mamlakatimizda
22 Iyul  2020 810

Kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilandi

2020-yil 21-iyulda qabul qilingan OʻRQ-629-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksining sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari aylanishi bilan bogʻlik noqonuniy harakatlar uchun javobgarlik koʻrsatilgan moddalariga tegishli qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, Jinoyat kodeksining 186³-moddasiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun alohida javobgarlik belgilanib, ushbu harakatni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etganlik uchun aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Mazkur oʻzgartirishlar Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach amalga kiritiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech