13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Ta'lim
22 Iyul  2020 676

Oʻqituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

2020-yil 21-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan OʻRQ-629-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.

Qonun bilan qator qonunlar va kodekslarga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeks 197⁵ - modda bilan toʻldirildi.

Unga koʻra, taʼlim muassasalari pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilish javobgarlikka sabab boʻlishi belgilandi.

Bunday huquqbuzarlik uchun:

- fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining (BHMning) 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 million 115 ming soʻmdan 1 million 561 ming soʻmgacha);

- mansabdor shaxslarga esa BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorida (1 million 561 ming soʻmdan 2 million 230 ming soʻmgacha) jarima qoʻllaniladi.

Shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa:

- fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (1 million 561 ming soʻmdan 2 million 230 ming soʻmgacha);

- mansabdor shaxslarga esa BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorida (2 million 230 ming soʻmdan 3 million 345 ming soʻmgacha) jarima qoʻllanishi mumkin.

Ushbu huquqbuzarlik sodir etilganda taʼlim muassasasining pedagog xodimi maʼmuriy bayonnoma tuzmasdan oʻz arizasida huquqbuzarning shaxsi, huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda boshqa zarur boʻlgan maʼlumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech