14 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28 °C

Mamlakatimizda
24 Iyul  2020 1732

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi

2020-yil 23-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4787-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Agentlik direktori Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

Qarorga muvofiq, isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining tegishli komissiyasi tomonidan qabul qilinadi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech