15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Ta'lim
9 Iyun  2020 1083

Poytaxtimizdagi Rossiya universiteti 345 oʻrin taklif etadi

I.M. Gubkin nomidagi universitetning Toshkent filialiga qabul kvotalari tasdiqlandi.

2020-yil 8-iyunda Hukumatning 363-sonli “2020/2021 oʻquv yili uchun I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga qabul toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020/2021 oʻquv yili uchun I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga (Filial) talabalarning qabul kvotasi 345 (kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha – 225, kechki taʼlim shakli boʻyicha – 120) oʻrin miqdorida belgilandi.

Filialga qabul kunduzgi taʼlim shakli yoʻnalishlari boʻyicha 40 foizi – davlat granti, 60 foizi – toʻlov-kontrakt, kechki taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha esa toʻliq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Universitetning Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilarini Filialga maqsadli qabul qilish, tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan alohida tanlov natijalari boʻyicha amalga oshiriladi. Tanlovdan oʻtmagan tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilari Filialga kirish uchun umumiy talablar asosida imtihon topshirish huquqiga ega, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech