11 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,4 °C

Ijtimoiy hayot
23 Aprel  2020 1711

Bola kulgusi – hayot quvonchi

Bugungi kunda butun bashariyat taqdiri jiddiy sinovdan o‘tmoqda. Millat va elat, cheraga va sarhad tanlamayotgan ushbu ofat yaqinlarni bir biridan uzoqlashtirmoqda. Vaziyat taqozosi bilan ayriliq, sog‘inch azobiga katta yoshdagilar zo‘rg‘a bardosh berayotgan davrda, bolajonlarga oiladan uzoqda bo‘lish naqadar og‘irligi barchaga ayon.   

Kuni kecha Milliy gvardiya Markaziy apparatiga Toshkentda istiqomat qiluvchi Baxodirovlar oilasidan murojaat kelib tushdi. A.Baxodirov 6 yoshli farzandi buvisi qaramog‘ida 50 kundan buyon Qashqadaryoda ekanligi, bola har kuni onasini sog‘ingani sabab yig‘lab qo‘ng‘iroq qilishi, homilador ayoli esa bundan ta'sirlanib ahvol yanayam murakkablashayotgani, farzandini Toshkentga oilasi bag‘riga qaytarib olib kelish uchun yordam so‘radi.

Mutasaddilar tomonidan holat o‘rganilib, oilaning kichik vakili ota-onasi bag‘riga qaytarildi, deb xabar beradi Milliy gvardiya matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech