27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Moliya
2 May  2020 703

Uy-joy sotib olish yanada qulay bo‘ldi

«Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-maydan boshlab 2022-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratishga ruxsat berildi.

Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdorlari:

- qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 million so‘mdan 240 million so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 224 million so‘mdan 320 million so‘mgacha;

- shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 million so‘mdan 240 million so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 232 million so‘mdan 320 million so‘mgacha;

- Toshkent shahrida 2 xonali kvartiralar uchun 198 million so‘mdan 264 million so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 255 million so‘mdan 352 million so‘mgacha oshiriladi.

Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan, bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech