23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,7 °C

Xavfsizlik
16 Avgust  2019 815

Farg‘onada uy yonishi natijasida 61 yoshli ayol vafot etdi

15-avgust kuni soat 11:30 da Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahari, “Sholdirama” MFY Muqimiy ko‘chasida joylashgan 29-uyda yong‘in sodir bo‘lgan, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 11:34 da yetib borib, soat 11:39 da yong‘in qurshab olingan va soat 12:45 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in xaqida kech xabar berilganligi sababli, jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib kelganida, yong‘inning maydoni kengayib ketgani ma'lum bo‘lgan. Alanga qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishi oldi olingan.  

Yong‘in oqibatida uyning 200 kv.metr maydonda tomi, ichki qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Achinarlisi yong‘inni bartaraf etish vaqtida uy egasining onasi 2-gurux nogironi 1958-yilda tug‘ilgan M.T.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech