01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Madaniyat
30 Mart  2020 487

Uydan bo‘lsin ko‘nglingiz to‘q

Huquq posboni o‘g‘lining so‘zlarini Ra’no Sabitova oqqa ko‘chirdi.

El ishonchi — ishonch buyuk,
yelkangizda shu og‘ir yuk.
Dada, postda turing sergak,
Uydan bo‘lsin ko‘nglingiz to‘q! 

Ro‘zg‘orda hyech kamimiz yo‘q,
Hamma uyda — faqat siz yo‘q.
Dada, postda turing sergak,
Uydan bo‘lsin ko‘nglingiz to‘q! 

Yuzimizga taqib niqob,
O‘qiyapmiz, qo‘lda kitob.
Ofat ketib, chiqar oftob,
Uydan bo‘lsin ko‘nglingiz to‘q! 

Barchamizning baxtimiz Siz,
Suyanchig‘u taxtimiz Siz.
Postda turgan faxrimiz Siz,
Uydan bo‘lsin ko‘nglingiz to‘q! 

Bola demang — erkak bo‘ldim,
Bugun sizdek sergak bo‘ldim.
Onamga ham tirgak bo‘ldim,
Uydan bo‘lsin ko‘nglingiz to‘q!

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech