16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,2 °C

Mamlakatimizda
5 Fevral  2019 2715

Agentlikning vazifasi OAV rolini kuchaytirish

Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:

- O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi negizida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi;

- аxborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;

- Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi.

Agentlikning asosiy vazifasi, jumladan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirishdir.

Agentlik fonogrammalar va audiovizual asarlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Ilgari bu nazoratni Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi amalga oshirgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech