01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,8 °C

Transport
17 Fevral  2020 903

«Uzauto Motors» avtomobillarni «Chevrolet» brendi ostida sotishni boshlamoqda

«UzAuto Motors» kompaniyasi o‘zbek avtomobillarini xorijda sotilishining yangi bosqichini boshladi. Bu «UzAuto Motors» va uning alyans bo‘yicha hamkori «General Motors» kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv tufayli yuzaga keldi.   

«Chevrolet» brendidan tashqi bozorlarda foydalanish huquqi «UzAuto Motors» kompaniyasiga avtomobillarning yuqori sifati hamda jahon avtosanoati yetakchilaridan biri – «General Motors» kompaniyasi tomonidan belgilangan standartlarga to‘liq javob bergani uchun berildi.

Shuningdek, «UzAuto Motors» kompaniyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020-yilning mart oyidan boshlab Rossiya, Qozog‘iston va Belorussiyada «Chevrolet» brendi ostida taqdim etiladigan dastlabki modellar «Spark», «Nexia» va «Cobalt» bo‘ladi.

Qabul qilingan qaror «UzAuto Motors»ga O‘zbekiston Respublikasi ichki bozoridagi kabi eksport bozorlarida ham samarali sotuvni amalga oshirish imkonini yaratadi.

«UzAuto Motors» kompaniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan «Chevrolet» modellarining Rossiya, Qozog‘iston  va Belorussiyada distribyusiyasini o‘zi boshqaradi. Dilerlik tarmog‘i mavjud Jeneral Motors Rossiya dilerlari, «Ravon» dilerlarining bir qismi va «Chevrolet» vakolatli servis markazlari asosida, ularning geografik joylashuvi va «Chevrolet» brendi standartlariga muvofiqlik darajasini hisobga olgan holda yaratilgan. 

Yagona brend ostida ishlash O‘zbekistonda avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish va eksport bozorlarida sotishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi.

Shu bilan birga Jeneral Motors Rossiya vakolatli xizmat ko‘rsatish markazlari 2015-yilning oxiriga qadar Rossiyada «GM/Chevrolet» dilerlaridan avtomobil sotib olgan mijozlarga ham xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.

Shuningdek, «Ravon» avtoulovlarini harid qilgan mijozlar uchun ham «UzAuto Motors» o‘zining vakolatli servislarida xizmatlarni davom ettiradi.

«UzAuto Motors» tomonidan ishlab chiqarilgan «Chevrolet» «Spark», «Nexia» va «Cobalt» avtomobillarini xarid qilgan mijozlar uchun kafolatlar, shuningdek, barcha xizmat va «UzAuto Motors» kompaniyasidan o‘z dilerlik tarmog‘i orqali taqdim etiladigan ehtiyot qismlarni sotib olish imkoniyati saqlanib qoladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech