19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,9 °C

Transport
16 Avgust  2019 672

UzAuto Motors tejamkor turbodvigatelli yangilangan Malibu modelini taqdim etadi

UzAuto Motors kompaniyasi 1.5 l. Turbo dvigatelli yangilangan Malibu Facelift avtomobili savdosi boshlanayotganini ma'lum qiladi. Yangilangan, ko‘pchilikning ko‘nglidan joy olgan Malibu, O‘zbekiston bozorida Malibu 2.5l. o‘rnini egallaydi hamda uning yangi texnologik va tejamkor (30%) davomchisi bo‘ladi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

Malibu 1.5 l. Turbo – bu chiroyli va uyg‘un tuzilgan sedan bo‘lib, bejirim va aniq chizgilarga ega.

Olduzatmali avtomobil avvalgisidan 100 kilogrammga yengil ekanligiga qaramay, uning uzunligiga taxminan 12 santimetr qo‘shgan. Bunday natijaga uning 1,5 litrli 160 ot kuchiga ega turbomotori sababli erishilgan.

Shuni qayd etish lozimki, mazkur modelning narxi avvalgisidan 5 million so‘mga arzon va u issiq iqlimli mamlakatlar uchun ayni muddao sanaladi. Yangilangan modelning ranglar palitrasi ham keng doirada taqdim etilgan.

Shuningdek ayni damda yangilangan Facelift Malibu Turbo 2 l. avtomobilining ham savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish 2019-yilning sentyabr oyidan boshlanadi.

Xaridorlarning Malibu avtomobiliga bo‘lgan talabi kattaligini inobatga olgan holda UzAuto Motors Asaka banki, InfinBank va O‘zavtosanoat-lizing bilan birgalikda avtomobilni bayramona aksiya shartlarida xarid qilishni taklif etadi.

Xaridorlarga shuni ma'lum qilamizki, hozirgi vaqtda Malibu 2.5l. avtomobili juda oz miqdorda chegaralangan ranglar palitrasida qolgan va ushbu model ishlab chiqarishdan to‘xtatilmoqda.

Kompaniya dilerlar bilan birgalikda Malibu 2.5 l. avtomobili uchun shartnoma tuzgan mijozlar oldidagi majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini kafolatlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech