15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,1 °C

Transport
21 Oktyabr  2019 363

“Uzbekistan Airways” AJ xorijdagi vakolatxonalarining tushumlari O‘zbekiston tijorat banklariga tushadi

“Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonalarining xorijda ochilgan hisobraqamlarining amal qilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori (18.10.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab “Uzbekistan Airways” AJning xorijdagi vakolatxonalarining barcha tushumlari (ekspluatatsiya xarajatlari va vakolatxonalarni saqlash xarajatlaridan tashqari) majburiy tartibda O‘zbekiston tijorat banklaridagi hisobraqamlarga tushadi.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonalarining ekspluatatsiya xarajatlari Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech