30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Transport
1 May  2020 662

Aviaqatnovlarning tiklanish muddati hali ma’lum emas

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi 2020-yil 30-iyuniga qadar karantin muddati uzaytirilishi yoki tugashi munosabati bilan qatnovlarini bekor qilganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi — bu haqiqatga mos emas, deb xabar beradi «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi matbuot xizmati.

Aviachiptalar sotuvini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror karantin 30 iyunga qadar uzaytiriladi degan ma’noda qabul qilingani yo‘q. Karantin tugashi va havo qatnovining tiklanish muddati haqida hali hyech narsa ma’lum emas. Agar karantin choralari 30 iyundan oldin to‘xtatilsa va havo qatnovi qayta tiklansa, chipta savdosi ham qayta ishga tushadi. «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasiningg yo‘lovchilari quyidagi imkoniyatga ega:

- foydalanilmagan aviachiptalar bo‘yicha pul mablag‘larini jarimalarsiz qaytarib olish;

- parvozlar qayta tiklanganidan keyin aviachiptaning amal qilish muddati ichida jo‘nab ketish sanasini bir marta bepul o‘zgartirish;

- yo‘nalishni almashtirish (agar rasmiylashtirilgan aviachipta bo‘yicha tarif va yig‘imlar farqli bo‘lsa, ular amaldagi darajagacha qayta hisoblanadi), shuningdek jo‘nab ketish va kelish punktlari tartibini o‘zgartirish, lekin faqat aviachiptani qayta rasmiylashtirish yo‘li va aeroport yig‘imlari oshirilgan hollarda uning darajalarigacha farqni olishning majburiy sharti bilan.

30-iyundan keyingi sanalarga chiptalarni sotib olishingiz mumkin — karantin cheklovlari uzaytirilgan taqdirda mablag‘lar qaytarib beriladi.

O‘zbekistonda havo qatnovi 30-martdan butunlay to‘xtatildi. Maxsus respublika komissiyasi tomonidan taqdim etilgan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha 20-aprelgacha bo‘lgan cheklov choralari (karantin) va kuchaytirilgan tartib 10-maygacha uzaytirildi.

Shu bilan birga, 20-apreldan «O‘zbekiston pochtasi» aviapochta jo‘natishni qisman qayta tikladi. Bundan tashqari, yuk tashish davom etmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech