24 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Energetika
29 Noyabr  2019 1257

«Uzbekistan GTL» stipendiyalar dasturiga yakun yasaldi

“O‘zbekneftgaz” AJ tuzilmasiga kiradigan «Uzbekistan GTL» kompaniyasi neft-gaz sohasida tahsil oluvchi iqtidorli talabalar uchun birinchi stipendiyalar dasturiga yakun yasadi, deb xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

“O‘zbekneftgaz” AJ tashabbusi bilan qurilayotgan GTL zavodi uchun kadrlar tayyorlash dasturi doirasida «Uzbekistan GTL» kompaniyasi profilli o‘quv yurtlarining eng sara bitiruvchilarini o‘z safiga qo‘shmoqda. Dasturning asosiy maqsadi Qashqadaryo viloyatida barpo etilayotgan sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqaruvchi noyob zavodda ishlash uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Uzbekistan GTL kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan neft-gaz sohasidagi iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi ushbu yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlaridan zavod uchun eng iste'dodli talabalarni – bo‘lg‘usi muhandislarni saralab olishga yordam berdi. 

Bu yil Dasturda qatnashish uchun jami 849 nafar talaba ariza topshirdi, tanlovning ikkinchi bosqichi – suhbatga Toshkent shahri va viloyatlaridan 393 nafar talaba o‘tdi. Saralash bosqichi yakunlari bo‘yicha stipendiyalar dasturining g‘oliblari bir o‘quv yili davomida har oyda asosiy stipendiyalariga qo‘shimcha ravishda kompaniya stipendiyasini ham oladi, ularga ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlarini o‘tashga ko‘mak beriladi, bundan tashqari, stipendiantlar keyinchalik GTL zavodiga ishga kirishlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

Bu yil Dasturda qatnashish uchun 849 ta ariza qabul qilindi. Dasturning yakuniy bosqichiga 80 nafar talaba qo‘yiladi.

Saralash komissiyasi a'zolarining so‘zlariga ko‘ra, dasturda qatnashish uchun ariza bergan yigit-qizlarning bilim darajasi juda yuqori. Talabalar, ayniqsa, kimyo, fizika va neft-gaz ishi sohasida yaxshi tayyorlanib kelishgan, chet tillarini yaxshi bilishadi, o‘zlari haqida, shu kasbni tanlash sabablari haqida va kelajak rejalari haqida qiziqarli tarzda so‘zlab berishgan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech