06 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,3 °C

Harbiy
29 Yanvar  2020 2275

O‘zbekiston va Tojikiston harbiy aviatsiya hamkorligi arafasida

O‘zbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga Tojikiston mudofaa vazirligiga qarashli harbiy institut aviatsiya fakulteti boshlig‘i polkovnik Salomotshozoda Vosif Salomatsho boshchiligidagi bir guruh harbiy xizmatchilar tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston oliy havbiy aviatsiya bilim yurtida tahsil olayotgan kursantlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur dargohda tayyorlanadigan harbiy uchuvchilarning zamonaviy jihozlar bilan taminlangan o‘quv xonalari, ularning yashash sharoiti qo‘shni davlat vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Kursantlarning parvozoldi mashqlari o‘tkaziladigan zamonaviy trenajyor, bo‘lajak o‘zbek uchuvchilarining mashg‘ulotlardagi faolligi, bilim va ko‘nikmasi tojikistonlik harbiy delegatsiya a'zolarida mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Mehmonlar bilim yurti faoliyati bilan tashishar ekan, o‘zlarining iliq fikrlarini bildirishdi hamda bu yerdagi zamonaviy sharoitlar, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, umuman kursantlarning o‘quv jarayonlarini yuqori baholashdi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech