05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,5 °C

Xalqaro hamkorlik
29 May  2020 710

12 million dollarlik qoʻshma loyiha

 Qozogʻistonda qishloq xoʻjalik texnikalarini yigʻish boʻyicha qoʻshma investitsiya loyihasiga start berildi.

Joriy yil 28-mayda “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, Turkiston viloyati hokimiyati va Qozogʻistonning “Orbis Kazakhstan” kompaniyasi Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjalik texnikalarini Qozogʻistonda yigʻish loyihasi doirasida investitsiya shartnomasi va yoʻl xaritasini imzoladilar.
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan “Orbis Kazakhstan” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Turkistan” sanoat zonasi hududidagi “Brownfield” ishlab chiqarish maydonchasida qishloq xoʻjaligi texnikalarini yigʻish boʻyicha qoʻshma loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyiha 3 bosqichda olib boriladi. Umumiy investitsiya hajmi 12 million dollarni tashkil etadi. Amalga oshirilayotgan loyihaning toʻliq quvvati ishga tushgach 100 ga yaqin ish oʻrinlari yaratiladi.
Maʼlumot uchun, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ mahalliylashtirish istiqboliga ega qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Sanoat zonasi hududida 110 ot kuchiga ega universal-haydov traktorlari, 80 ot kuchiga ega paxtachilik traktorlari, shuningdek, paxta terish mashinalari, 4 tonnagacha yuk koʻtaradigan traktor tirkamalari, rotorli oʻrgich-maydalagichlar, purkagichlar, paxta kultivatorlari hamda 3 va 4 korpusli pluglarni ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.
Kompaniyamiz qozogʻistonlik mutaxassislarni oʻqitish va malakasini oshirish, shuningdek texnik xodimlar uchun amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi, deb xabar beradi “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech