07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,6 °C

Xalqaro hamkorlik
31 Yanvar  2020 1960

O‘zbekiston va Rossiya inson huquqlari himoyasida

27-29-yanvar kunlari Moskva shahrida Rossiya xalqaro huquq assotsiatsiyasining  «Buyuk G‘alabaning 75 yilligi va zamonaviy xalqaro huquqning rivojlanishi» mavzusidagi 63-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ishtirok etdi va ma'ruza qildi.

Notiq O‘zbekiston xalqininng buyuk g‘alabani ta’minlashga beqiyos hissa qo‘shgani, qonli urushda jami 1,5 milliondan ziyod O‘zbekiston farzandlari tinchlik va ozodlik uchun mardona jang qilgani, ularning har uch nafaridan biri o‘z yaqinlari bag‘riga qaytmagani, el-yurtimizning front ortida ko‘rsatgan jasorati haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, O‘zbekistonda urush va front orti faxriylariga har tomonlama e’tibor yanada kuchaytirilganligini alohida tilga  olindi.

-  Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda Xotira va qadrlash kuni hamda G‘alabaning 75 yilligini har tomonlama munosib va yuqori saviyada nishonlash uchun puxta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, - dedi A. Saidov. - Urush yillarida xalqimiz ko‘rsatgan haqiqiy jasorat va matonatni kino, teatr san'ati, badiiy-publitsistik asarlar, ilmiy tadqiqotlar orqali ko‘rsatish, aholi, ayniqsa, yoshlarimizga ta’irchan tarzda yetkazish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston aholisining qariyb 40 foizini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatda «Yoshlarga doir davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan, Yoshlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi tuzilgan. Keyingi davrda 7 million 690 ming nafar a’zoga ega O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etildi.

Notiq shuningdek, barqaror rivojlanishga erishish, nizolarning oldini olish, gender tenglikni ta'minlash, inson huquqlarini amalga oshirish, tinchlik madaniyatini shakllantirish kabi dolzarb jarayonlarda yoshlarning ta’sirchan va ijobiy roli atroflicha muhokama qilinishiga to‘xtaldi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida barcha sohalar qatori inson huquqlari bo‘yicha hamkorlik aloqalari ham izchil rivojlanmoqda. Har ikki mamlakat vakillari turli xalqaro forumlarda faol ishtirok etayotgani, o‘zaro hamkorlikda O‘zbekiston-Rossiya yuridik forumi o‘tkazilgani ham buni tasdiqlaydi.

2019-yil yanvar oyida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari vakili o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan. O‘tgan yilning aprel oyida xuddi shunday Memorandum Markaz bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha kengash o‘rtasida tasdiqlangan, deya xabar beradi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech