15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,4 °C

Agrosеktor
22 Yanvar  2019 2220

O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

Qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavot, alkogolli mahsulotlar, milliy oshxona va mamlakatning sayyohlik potensiali - buning bari «Yashil hafta-2019» xalqaro ko‘rgazmasi doirasida bizning stendimizda namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma joriy yilning 27-yanvariga qadar Berlin shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida G2B va B2B formatidagi «kooperatsion birja» ishi, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish forumi (GFFA), konferensiyalar, taqdimotlar, shuningdek, savdo-iqtisodiy shartnomalar paketini shakllantirish bo‘yicha kelishuvlar bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Germaniya Federal kansleri Angela Merkel tadbirning o‘ta muhimligi haqida so‘zlab, unda qishloq xo‘jaligi va savdo-sotiqni nazorat qiluvchi 70 nafar delegat-vazirning ishtirokini ta’kidlab o‘tdi.

Forumda Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jaev ma’ruza qildi va ishtirokchilarni savdo-iqtisodiy soha va mamlakat qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish borasida O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan kompleks islohotlar bilan yaqindan tanishtirdi. Xususan, 2000-yildan beri ushbu sektor yiliga 6,6 foizga barqaror o‘sayotgani va bu dunyo bo‘yicha o‘rtacha 2,8 foiz ko‘rsatkichidan ancha yuqori ekani ham ta’kidlandi. Bundan tashqari, vazir 2021-yilga borib qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini 5 milliard dollargacha oshirish rejalashtirilayotganiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Germaniya qishloq xo‘jaligi vaziri Yuliya Klyokner bilan ham muzokaralar olib borildi va uning doirasida tomonlar agrosanoat sohasida ikki tomonlama O‘zbekiston-Germaniya hamkorligini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Bu yilgi «Yashil hafta-2019» ko‘rgazmasiga 400 ming kishi tashrif buyurishi, shuningdek, qator konferensiya va taqdimotlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

O‘z axborotimiz.

Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech