02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Ta'lim
19 Mart  2020 510

Tibbiyot xodimlari masofadan malakalarini oshirmoqdalar

Qashqadaryo viloyatida rossiyalik mutaxassislar mahalliy tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishda ko‘maklashyapti.

Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida rossiyalik mutaxassislar ko‘magida nefrologiya bo‘yicha malaka oshirish kurslari olib borilmoqda. Bugungi voqyelikni hisobga olgan holda, shifokorlar masofadan turib o‘qitiladi.

28-martga qadar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 15 nafar mutaxassis, jumladan nefrologlar, gemodializ bo‘yicha mutaxassislar, reanimatologlar Rossiya Federatsiyasining Stavropol davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilarining ishlanmalari va tajribalari asosida zamonaviy bilimlarga ega bo‘lmoqdalar.

2 mart kuni boshlangan 144 soatlik o‘quv dasturi tugagandan so‘ng imtihon olish va sertifikat berish ko‘zda tutilgan. Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda tibbiy malaka oshirishni baholash uchun kredit-modul tizimi joriy etilgan. Va xalqaro tajribaga asoslangan o‘quv kursida qatnashish nafaqat zamonaviy bilimlarni, balki ball to‘plash imkoniyatini ham beradi.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari va Stavropol tibbiyot universiteti o‘rtasidagi hamkorlik o‘tgan yilning sentyabr oyidan Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi tashabbusi bilan boshlangan. O‘shanda Stavropol davlat tibbiyot universitetining qo‘shimcha kasbiy ta’lim instituti bilan hamkorlik to‘g‘risida 5 yillik memorandum imzolandi.

Birgalikdagi faoliyatning ilk belgisi Stavropoldagi bir oylik stajirovka bo‘lib, unda noyabr oyida Qashqadaryolik oltita shifokor ishtirok etgan edi. Endilikda, rejalashtirilgan o‘zaro hamkorlik dasturidan chetga chiqmasdan, rus mutaxassislari o‘zbekistonlik hamkasblarini nefrologiya kursida o‘qitmoqdalar. Yangi voqyeliklarni hisobga olgan holda, endilikda mashg‘ulotlar masofadan turib olib borilmoqda, deb xabar beradi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech